IBERLAR

IBERLAR — 1) Sharqiy Gruziyada yashovchi qabilaning nomi, Iberiya (Iveriya) hududida yashashgan. Gruzin xalqining shakllanishida asos boʻlganlar;

2) Ispaniyadagi qad. qabilalar (turdetanlar, turdullar, bastetatlar va b.). Mil. av. 3—2-a. larda rimliklar tomonidan bosib olingach, roman tillarida soʻzlashadigan boʻlishgan.