IBADAN

IBADAN — Nigeriyaning jan.gʻarbidagi shahar, Oyo shtatining maʼmuriy markazi. T. y. va shosse yoʻllari tuguni. Aholisi 1,3 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Q. h. rayonining (kakao va b.) muhim savdo markazi. Oziqovqat, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil sanoati korxonalari bor. Plastmassa va rezina buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda toʻqish, boʻyash va metall buyumlar tayyorlashning markazi. Un-t, Nigeriya geografiya jamiyati bor. Ibadanga 18-a. oxirida asos solingan.