IQBOL Muhammad (1873 yoki 1877.22.2, Sialkot — 1938.21.4, Lohur) — hind shoiri, faylasuf. Urdu va fors tillarida ijod qilgan. Sialkot, Lohur kollejlarida taʼlim olgan. 1905—08 y. larda Angliya va Germaniya un-tlarida oʻqigan. Ilk sheʼr («Yetim nolasi», 1899) va doston («Himolay», 1899)laridayoq insonni, tabiatni, xalq dar-di va kayfiyatini kuylaydi. «Eronda tasavvufning taraqqiyoti» (1908) asarida Sharq falsafasi va diniy taʼlimotlarini tahlil qiladi, Ibn Sino, Ibn Arabiy kabi faylasuflarning dunyoqarashini yuksak baholaydi. «Shaxs sirlari» (1915), «Shaxs sirlarining ochilishi» (1919) dostonlarida, «Zabure Ajam» (1927), «Jovidno-ma» (1932), «Jabroil qanotlari» (1935), «Hijoz argʻumoni» (1938) va b. diniyfalsafiy, ijtimoiyaxloqiy asarlarida shaxs va jamiyat, tabiat va xudo, sevgi va akl, Sharqva Gʻarb, shaxs va jamiyat haqidagi falsafiy karashlarini ilgari surgan. Iqbol mustaqil hind konfederatsiyasi tarkibida musulmon davlatini tuzish tarafdori boʻlgan. Iqbol baʼzi masalalarni hal etishda islom taʼlimoti asosida ish kursa, ayrim masalalarda Gʻarb faylasuflari, xusu-san, Gegel, Kant, Bergson, Leybnis va Eynshteyn pozitsiyasida turadi. Olimning moddiy boylik va bilish nazariyasi Gegel dialektikasi taʼsirida boʻlgan.
Ad.: Anikeyev N. P., Vыdayushiysya mыslitel i poet Vostoka Muhammad Ikbal, M., 1959; Xorijiy Sharq xalqlarining ilgʻor ijtimoiyfalsafiy fikrlari tarixi ocherki, T., 1971.