ISHQORLAR

ISHQORLAR — suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy siste-masi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksid Ishqorlarga kiradi. Ishqorlar — oq, qattiq, gigroskopik (suvga oʻch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, mas, LiOH, KON, NaOH kuchli asoslar boʻlib, oʻyuvchi Ishqorlar deb ataladi. Ishqoriyer metallar gidroksidlari – (SaON)2, (VaON)2, (SrOH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi.

Ishqorlar suvda toʻla dissotsiatsiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi (mas, oʻyuvchi natriy (kaustik soda) Na+ va ON~ ga parchalanadi). Bu jara-yonda koʻp issiklik ajralib chiqadi.

Tarkibida ON» ionlari borligidan Ishqorlar eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod koʻrsatkich — rN>7) va lakmusni koʻk, fenolftaleinni qizil rangga boʻyaydi. Ishqorlarda kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan koʻpgina kimyoviy birikmalar, mas, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari — KSH, NaSH; karbonat kislotaning kaliyli va natriyli tuzlari — K2SO3, Na2CO3 va b. ham, odatda, Ishqorlar hisoblanadi. Ishqorlar gazlama, koʻn (teri), qogʻozga kuchli taʼsir etib, ularni oʻyib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Koʻzga ozgina tushea ham juda xavfli (koʻz koʻrmay qolishi mumkin). Ishqorlar bilan ish-laganda maxsus korjoma, rezina qoʻlqop kiyib va himoya koʻzoynagi ta-qib olish zarur.

Ishqorlar kimyo va oziq-ovqat, toʻqimachilik, sellyuloza sanoatida, tibbiyotda, kurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi.