ICHKI GEOMETRIYA

ICHKI GEOMETRIYA — geometriyaning egri sirt ustida bajariladigan turli oʻlchashlar bilan bogʻliq xossalar (sirtning ichki xossalari) oʻrganiladigan boʻlimi. Mac, sirtni egish natijasida sirt ustidagi chizikning uzunligi oʻzgarmaydi, ammo uning egriligi oʻzgara boradi. Egri chiziq yoyining uzunligi, ikki chiziqning kesishgan nuqtasida hosil boʻlgan burchak, figura yuzi Ichki geometriyada asosiy tushunchalardir. Efi sirt ustidagi geodezik chiziqlar toʻgʻri chiziklar vazifasini bajaradi. Sirtlar Ichki geometriyasi K. f. Gauss kiritgan birinchi kvadratik formaga muvofiq oʻrganiladi (q. Differensial geometriya). Tekislik I. g. si planimetriya, sfera I. g. si esa sferik geometriya hisoblanadi.