IFODALI HARAKATLAR — turli psixik (ayniqsa, hissiyotli) xrlatlarda yuzaga kelib, shu holatlarning tash-qi alomati va ifodasi boʻlgan harakat. Mimika, pantomimat yaqqol namoyon boʻladi. Keng maʼnoda hissiyotli kechin-malarni ifodalovchi tovush ohanglarini, shuningdek, bu kechinmalar bilan ayni vaqtda qon tomirlari, nafas organlari, sekretsiya bezlarida sodir boʻladigan oʻzgarishlarni ham oʻz ichiga oladi. Ifodali harakatlar hissiyotli kechinmalarni mufassal va taʼsirli ifodalashda turli voqsalar tafsilotini boshqa kishilarga yetkazishda muhim rol oʻynaydi. Undan aktyorlar, soʻz ustalari, pedagoglar keng foydalanadi.
Olimlar faqat odamdagi va yuksak rivojlangan hayvonlardagi Ifodali harakatlarni emas, balki sudralib yuruvchi hayvonlar, baliklar, qushlarning Ifodali harakatlar ini ham oʻrganadilar (bu ishlar, ayniqsa, etologiya doirasida keng miqyosda olib boriladi).