ITOLGʻI

ITOLGʻI (Falso cherrug) — lochinlar oilasiga mansub qush. Qanotining uz. 35—43 sm, modasining ogʻirligi 820 — 980 g, nari – 970-1130 g. Jan. shar-qiy Yevropa va Shim. – Gʻarbiy Afri-kadan to Baykalortigacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Dasht, choʻl va oʻrmon-dasht mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli va pasttekisliklarida uchraydi. Daraxt va qoyatoshlarda uya quradi. Qushlar, kemiruvchilar bilan oziklanadi. Ov kushi sifatida qadrlanadi. Oʻzbekiston va b. bir qancha mamlakatlarning Kizil ki-tobiga kiritilgan.