ISFARAK

ISFARAK — jaydari oʻrik navi. Isfarakning qizil I., oq Isfarak, bodom I., chiroyli Isfarak va b. xillari bor. Daraxti kuchli oʻsadi, shox-shabbasi serbarg.

Mevasi oʻrtacha 25—30 g, dumaloq, sar-gʻish. Poʻsti yupqa, sertuk, eti tigʻiz, tarkibida 14—16% qand bor, danagidan oson ajraladi. Danagi uchli. Mart oyida gullaydi. Oʻzidan, shuningdek, Subxoni, Arzami, Hurmo navlari bilan yaxshi changlanadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4-yilda hrsilga kiradi, mevasi iyulning 2-yarmida pishadi, mevalari bir vaqtda yetilmaydi, pishishi (15—20 kunga choʻziladi). 30—40 yoshida tupidan 300—400 kg hosil olinadi. Mevasi, asosan, quritiladi, kompot, murabbo pishiriladi. Fargʻona, Andijon, Toshkent viloyatlarining togʻ oldi hududlarida ekiladi.