ISSIKLIK ELEKTR STANSIYALARI

ISSIKLIK ELEKTR STANSIYALARI (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiklik energiyasini elektr energiya-siga aylantiradigan qurilmalar maj-mui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (tru-balar) batareyasidan iborat kozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishla-tiladigan yoqilgʻi issiklik energiya-sining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) ti=30% gateng) F. i. k. (t|) qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IES ni kondensatsiyey elektr st-yalari (KES) deyiladi va ularda f. i. k. qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IES lar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. St-ya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish li-niyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa st-yaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana q. Issshushk elektr markazi).

Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, Issiklik elektr stansiyalari tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiklik elektr stansiyalari yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.

Issiklik elektr stansiyalari 19-a. 80-y. larida kurila bosh-lagan. Birinchi Issiklik elektr stansiyalari Nyu-Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki Issiklik elektr stansiyalarini muhandis M. K. Polivanov Mos-kvada kurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki Issiklik elektr stansiyalari 20-a. boshlarida kurilgan q(. Issiklik energetikasi). Oʻzbekistonda 10 ta Issiklik elektr stansiyalari ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik Issiklik elektr stansiyalari — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). Issiklik elektr stansiyalari avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. Issiklik elektr stansiyalari agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr st-yalar, gelioenergetika elektr st-yalari ham Issiklik elektr stansiyalari hisoblanadi.