ISSIQLIK TASHUVCHILAR

ISSIQLIK TASHUVCHILAR — issiqroq jismdan sovuqroq jismga is-siklik uzatishda qoʻllaniladigan harakatlanuvchi muhit. Issiqlik tashuvchilar issiklik b-n taʼminlash, isitish, shamollatish (ventilyatsiya) tizimlarida, texnologik issiklik va b. qurilmalarda sovitish, quritish, termik ishlov berish va b. uchun xizmat qiladi. Yoqilgʻi oʻchoq (tu-tun) gazlari, suv, suv bugʻi, suyuq me-tallar (kaliy, natriy, simob), freon va b. eng keng tarqalgan Issiqlik tashuvchilar hisoblanadi. Issiqlik tashuvchilar issiklikni uzatish jarayo-nida agregat holatini (qaynayotgan su-yuqlik, kondensatlanayotgan bugʻ) oʻzgartirishi yoki bu holatni oʻzgartirmay saqlab qolishi (qaynamayotgan suyuqlik, oʻta qizdirilgan bugʻ, kondensatlanmaydigan gaz) mumkin. Birinchi holda Issiqlik tashuvchilarning t-rasi oʻzgarmay qoladi, chunki faqat fazaviy oʻtish issiqligigina uzatiladi; ikkinchi holda esa t-ra oʻzgaradi (pasayadi yoki koʻtariladi). Yadro reaktorida Issiqlik tashuvchilarga alohida talablar qoʻyiladi.