ISSIT

ISSIT (Uraldagi Iset daryosi nomi-dan) — tomirli magmatik togʻ jinsi, dunit jinslarida uchraydi. Tarkibida rogovaya obmanka (89%), avgit (6%), rudali minerallar (5%), baʼzan plagioklaz uchraydi. I. Oʻzbekistonning Sulton Uvays togʻi, Markaziy Qizil-qum, Jan. Fargʻonadagi oʻta asosli jinslarda uchraydi. Rudali konlar uchun Issit darakchi hisoblanadi.