ISPAN TILI

ISPAN TILI — ispanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Ispan tilida 320 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1990). Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning (Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto — Rikoda ingliz tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. Filippin va AQSH ning jan.-gʻarbida ham tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, koʻp dialektli, lugʻati tarkibida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina, Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun Ispan tili 15-a. gacha «kastil tili» deb ham atalgan. Ispan tiliga oid dastlabki yozuv namunalari 10 — 11-a. larga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. Ispan tili tovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Ur-gʻuning oʻrni qatʼiy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noa-niq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlarigina turlanadi. Gapda soʻzlar tartibi nisbatan erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Ispan tili — BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.