ISMOILOV

ISMOILOV Afandixon (asl ismi Sharofiddin; 1905 — Toshkent — 1985.20.2) — aktyor, rej. Oʻzbek bolalar teatri va bolalar dramaturgiyasi asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist (1967). 1935—40 y. lar Hamza teatrida ishlab, «Nomus va mu-xabbat», «Rustam» spektakllarini sahnalashtirishda aktyor va rej. sifatida qatnashdi. 1940—43 y. larda viloyatlar teatrlarida bosh rej. 1968-y. oʻzbek yosh tomoshabinlar teatri rus yosh tomoshabinlar teatridan ajralib chiqqach, unga asosiy rej. lik qilgan, oʻzi pyesalar yozib, oʻzi ularni sahnalashtirgan («Ku-rash bolasi», «Gʻolibiyat» va b.). Repertuarni bolalar mavzusiga karatdi va asosan mahalliy mualliflar asarlari («Qon ham suv», «Qutqarish», «Besh bola», «Tosh va mosh» va b.)ni saxnalashtirdi. Ismoilov koʻproq milliy dramaturgiya, milliy qahramonlar timsolini sahnada aks ettirishga harakat qilgan. Eng yaxshi rollari: savdogar («Padar-kush»), Vurim («Makr va muhabbat»), Yosuman («Farhod va Shirin»), Luka («Zoʻraki tabib»), Kochkaryov («Uylanish»), Domla («Yoriltosh»), Qirol («Zolushka»), chol («Sirli sandiq»), Majid («Ujar»), Qutmurod («Amu qahramonlari») va b.