ISMAGILOV Gumar Gimranovich

ISMAGILOV Gumar Gimranovich (1907.15.6, Chelyabinsk – 1983.8.11, Andijon) — rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Kozon teatr texnikumi (1928), Moskva teatr sanʼati in-ti (1935)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini G. Kamol nomidagi tatar drama teatrida boshlagan (Kozon, 1928—38). 1944-y. dan Andijon teatrida rej. va bosh rej. (1958—62). 1974—77 y. lar Andijon viloyati «Lola» qoʻgʻirchoq teatrida rej. Eng yaxshi spektakllari: «Yoriltosh» (III Saʼdulla), «Oq nilufar» (V. Vinnikov, Yu. Osnos), «Kimga toʻy, kimga aza» (N. Safarov; M. Leviyev), «Oʻjar qizning quyulishi» (U. Shekspir), «Uch sehrli koʻz» (O. Nozdrachev) va b.