ISKANDARUN

ISKANDARUN — Urta dengizdagi qoʻltiq, Turkiyaningjan. sharqida. Uz. 74 km, eng keng joyi 46 km, chuq. 99 m gacha (kiraverishda). Sharqiy va jan. sharqiy sohillari togʻli, gʻarbiy qismi tekis. Iskandarunga Jayhon daryosi quyiladi. Suv qalqishi sutkalik, bal. 0,8 m gacha. Sharqiy sohilida Iskandarun porti joylashgan.