ISKANDAROV

ISKANDAROV Sobir (1909. 11.3 – Toshkent — 1976.2.7) — kino dublyaji rej. i. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). 1930-y. dan «Oʻzbekfilm»da ishlagan. «Soʻnggi bek» filmida aktyor, «Makrli changal», «Tong oldidan», «Ulim qudugʻi», «Yigit» filmlarida rej. yordamchisi, aktyor sifatida katnashgan. 1936-y. dan rej. Chet el filmlarini oʻzbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. «Ikki jangchi», «Tinch oqar Don», «Ona kalbi», «26 Boku komis-sari», «Joʻra sarkor», «Sevgi va so-qov», «Sofiya Grushko» va b. u rej. lik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, oʻzbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham katnashgan.