IRBID

IRBID — Iordaniya shim. dagi shahar. Aholisi 208 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Don, zaytun yetishtiriladigan q. x. rayonining markazi. Hunarmandchilikda uy-roʻzgʻor asboblari ishlab chiqariladi. Irbidda sanoat zonasi tashkil etilgan.