IPOXONDRIYA

IPOXONDRIYA (yun. hupochondrion — qovurgʻalar osti, biqin) , ipoxondriya sindromi — ruhiy holat; oʻz sogʻligʻiga va umuman hayotiga haddan tashqari shubha bilan qarash, biror kasalligi boʻlsa, oshirib yuborish va oʻzida yoʻq kasallikni bor deb bilish. Ipoxondriya kishi xarak-terining bir xususiyati yoki endi boshlangan biror ruhiy kasallik ifodasi boʻlishi mumkin. Ipoxondriyada bemor tanasining turli qismlarida biror xastalikka «taalluqli» (mas, qichima, ogʻriq, yurak oʻynashi) noxush hislar seza boshlaydi va butun diqqatini shunga qara-tadi; shifokorning hech qanday kasalingiz yoʻq deganiga ishonmay, boshqa mutaxassisga koʻrsatadi va uni tezroq tuzatish choralarini koʻrishga undaydi. Ipoxondriya koʻpincha oʻlim va tuzalmaslik xavfi bilan kechadi. Ipoxondriyada «xastalik» belgilari nihoyatda turli-tumanligi, haqiqatdan yirokligi bilan ajralib turadi va bunga nisbatan ularda tanqid yoʻqolgan boʻladi. Bemorlar oʻta bezovta boʻlib, turli soha vrachlari, tabiblar va h. k. ga murojaat etadi, oʻzlaridagi «xastalik» belgilarini nihoyatda koʻpirtirib koʻrsatadi, tezroq tuzatish tadbirlarini koʻrishga qistaydi, yigʻlaydi va h. k. Koʻpincha ular oʻzlarini xavfli oʻsma (rak), sil, oq qon (leykoz), yurak kasalliklari bilan ogʻrigan qilib koʻrsa-tishadi. Ipoxondriya shilqimlik, depressiv, pa-ranoyal va paranoid sindromlari koʻri-nishida kechadi. Ipoxondriya nevroz, shizofreniya va h. k. kasalliklarda uchraydi.