IPOTEKA

IPOTEKA (yun. hypotheke — garov) — koʻchmas mulk (yer yoki bino)ni ssuda olish maqsadida garovga qoʻyish. Bunda garovga qoʻyilayotgan mulk qarz beruvchining qoʻliga oʻtmay, qarzdor ixtiyorida qoladi. Oʻzbekistonda Ipotekaga xizmat koʻrsatadigan maxsus bank bor (q. Ipoteka banki).