IONI ORDERI

IONI ORDERI, ioniy orderi — yunon meʼmorligida (mil. av. 5-a.) vujudga kelgan asosiy 3 orderlardan biri. Yunonlarning ioni kabilasi yaratgan, nomi ham shundan. Ioni orderining koʻrinishi sodda va nafis. Oʻzbekistonda 19—20-a. larda Yevropa uslubida qurilgan binolarning ustun (kolonna)lari Ioni orderi asosida ishlangan (yana q. Meʼmoriy orderlar).