IONI DENGIZI

IONI DENGIZI — Oʻrta dengizning markaziy qismi, Bolqon va Apennin ya. o. lari hamda Krit va Sitsiliya o. lari oraligida. Otranto boʻgʻozi orqali Adriatika dengizi b-n, Messina boʻgʻozi orqali Tirren dengizi bilan qoʻshilgan. Yirik qoʻltiqlari: Patraikos, Korinf va Taranto. Sharqida Ioni o. lari bor. Mayd. 169 ming km2. Chuq. 4000 m dan ortiq (eng chuqur joyi 5121 m). Suv t-rasi fev. da 14°, avg. da 25,5°. Shoʻrligi 38%o. Baliq (skumbriya, kizil tunes, kambala, kefal) ovlanadi. Yirik portlari: Patri, Kerkira — Gretsiyada, Taranto, Kataniya — Italiyada.