INTERFERENSIYA

INTERFERENSIYA (lot. inter – oʻzaro va ferens — koʻtarish, urilish) — toʻlqinlarning fazoda ustma-ust tushib qoʻshilgan holda bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi. Tabiatidan qatʼi nazar hamma toʻlqinlar (akustik, yorugʻlik, elektr va b.)ga xos holat. Shuning uchun ham umumiy holda toʻlqinlar Interferensiyasi, xususiy holda yorugʻlik I. si oʻrganiladi. Toʻlqin kogerent va bir xil qutblangan boʻlsa, toʻlqin Interferensiya hodisasi hosil boʻladi (q. Kogerentlik, Kutblanuvchanlik). Bir xil chasto-tali bir xil qutblangan ikki garmonik toʻlqinlarning qoʻshilishi oddiy holatdagi toʻlqin Interferensiya siga misol boʻla oladi.

Issiklik manbalaridan chiqqan kogerent boʻlmagan toʻlqinlar ham Interferensiyani hosil qiladi. Mas, astronomik katta teleskoplarda yulduzlardan kelgan yorugʻliklar Interferensiya sini kuzatish mumkin. Bunga sabab, yulduzlardan tarqalayotgan yorugʻliq toʻlqinlari oʻz manbaidan uzoqlashgan sari, uning fazaviy kogerentlik darajasi R/r ga proporsional ravishda oshadi (R — yorugʻlik manbaigacha boʻlgan masofa, g — manba oʻlchami). Issiqlik manbalaridan chiqqan toʻlqinlar manbadan qancha uzoklashsa, ular shuncha yassi toʻlqinlarga yaqin boʻladi. Lekin yorugʻlik intensivligining susayishi h/R2 tarzda boʻlgani uchun ularning yorugʻlik Interferensiya sini qayd qilish juda sezgir teleskoplarni ta-qozo etadi (q. Yorugʻlik interferensiyasi).