INTERVAL

INTERVAL (musiqada) — ikki tovushning past-balandlik (yaʼni tebranishlarning miqsori) jihatidan oʻzaro nisbati. Tovushqatorning qamragan iogʻonalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tersiya, kvarta va h. k.) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan melodik Interval, baravariga (qoʻshalogʻiga) sadolangan tovushlardan garmonik Interval tarkib topadi. Musiqa nazariyasida Intervallar hajmi (pogʻonalar soni) va tonlar mikdori b-n oʻlchanadi. Bir oktava doirasidagi Intervallar oddiy, bir oktavadan keng Intervallar (nona, detsima, undetsima va h. k.) tarkibiy Intervallar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik I. lar konsonans va dissonanslarta boʻlinadi. Interval duana-zo«ning oʻlchov birligidir. Sharq mu-siqa nazariyasida I. boʻd deb yuritilgan.