INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI

INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI (1789) – Buyuk fransuz inqilobining siyosiy manife-sti. 1789-y. 26 avg. da Taʼsis majlisida qabul qilingan. Shaxs, soʻz, vijdon erkinligini, fuqarolarning qonun oldida tengligini, zulmga qarshilik koʻrsatish hukuqini, xususiy mulk daxlsizligini asosiy huquklar sifatida eʼtirof etgan.