INDUSTRIAL MOYLAR, sanoat moylari — mashina va mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladigan neft mahsulotlari. Qovushoqlik darajasiga koʻra yengil, oʻrta va ogʻir moylarga boʻlinadi. Yengil Industrial moylar (50° da qovushoqligi 5 — 10 yest (1sst = 10 6 m2/ sek), qotish t-rasi ?q=25° gacha) — velosit, texnik vazelin, separator moyi. Toʻqimachilik sanoatidagi yigirish va pishitish ma-shinalari, tikuv mashinalari, metall ishlash stanoklarining shpindellari, nazorat-oʻlchash asboblarini va b. ni moylash uchun ishlatiladi. Oʻrta Industrial moylar (50° da qovushokligi 10—50 yest, qotish t-rasi ʻq=30°) — urchuq moyi, mashina moyi, telegraf moyi. Oʻrtacha tezlik va nagruzkada ishlaydigan mashina va me-xanizmlar, kichik quvvatli elektr dvi-gatellar va metall ishlash stanoklarining gidrotizimlari shunday moylar bilan moylanadi. Ogʻir Industrial moylar (100° da qovushoqligi 10—30 yest, qotish t-rasi ancha yuqori) kichik tezliklarda, lekin katta nagruzka bilan ishlaydigan sanoat uskunalari, mas, temirchilik-presslash uskunalari, tishli uzatmalar va b. ni moylash uchun ishlatiladi.
Sanoat moylari, turbina moylari, kompressor moylari, gidravlik moylar, bugʻ oqimli vakuum nasoslarda ish jismi sifatida ishlatiladigan moylar xam Industrial moylar hisoblanadi.