ILORIN

ILORIN — Nigeriyaning jan.gʻarbidagi shahar. Kvara shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllari tugu-ni. Q. x. rayonining savdo markazi. Aholisi 441 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Oziq-ovqat sanoati korxonalari, tamaki va gugurt f-kalari bor. Kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi.