ILONLAR (Ophidia yoki Serpentes) tangachalilar kenja turkumi. Qad. Ilonlar qazilma qoldigʻi (uz. 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonlarning ajdodi ech-kemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uz. 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonlarda chanoq va orqa oyoklari rudimenti saklanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bulmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoklar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, urta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bulib, yirik uljani yutayotga-nida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan; oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Zaharli Ilonlarning yuqori jagʻlarida zahar tishlari buladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan.
Oʻpkasi, odatda, bitga; siydik pufagi boʻlmaydi. Erkagining kuyikish organlari bir juft xaltachalardan iborat boʻlib, anal teshigidan orqarokda, terisining ostida joylashgan. Yilda bir necha marta tullaydi, bunda terisining sirtqi qavati paypoq yechilganidek yaxlit koʻchib tushadi.
Ilonlarning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga boʻlinadi. Asosiy oilalari: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, soʻqirilonlar, torogʻizlilar, boʻgʻma ilonlar, qal-qondumlilar. Yer yuzida, Antarktidadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, yer ustida qalin oʻt-oʻlanlar orasida, da-raxtlarda, koʻp turlari choʻllarda, ayrim turlari suvda yashaydi. Yirtqich, oʻljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki boʻgʻib oʻddirib keyin yutadi. Tuxum qoʻyadi, ayrimlari tuxumdan tirik tugʻadi. Ilonlar tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini cheklab turishda katta ahamiyatga ega.
Ilonlar zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Baʼzi Ilonlar terisi charm sanoatida qoʻllaniladi. Ayrim Ilonlar odam uchun xavfli, biroq ular hech qachon birinchi boʻlib hamla qilmaydi.
Oʻzbekiston hududida Ilonlarning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlbor ilon, dasht qora iloni, boʻsh ilon (qalqontumshuq), qum charx-iloni zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi kiritilgan.