ILESHA

ILESHA — Nigeriyaning jan.gʻarbidagi shahar. Aholisi 351 ming kishi (1993). Transport yoʻllari tuguni. Savdohunarmandchilik markazi. Kakao, dukkaklilar qayta ishlanadi. Palma moyi ishlab chiqariladi. Ilesha yaqinidan oltin olinadi.