ILVASIN

ILVASIN — goʻshti uchun ovlanadigan yovvoyi qushlar. Qirgʻovul, karqur, kaklik, bedana, yovvoyi oʻrdak, chumchuq, kaptar, tuvaloq, chugʻurchiq va sh. k. qushlarning umumiy nomi. Ilvasin toʻr, tuzoq yoki miltiq bilan ovlanadi. Ilvasinlar goʻshtidan, asosan, shoʻrva, kabob, dimlama, . palov va b. tansiq taomlar tayyorlanadi.