IKROMOV Hamidulla Ikromovich (1909.11.11 — Toshkent — 1964.14.4) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Iskandar Ikromovning ukasi. Toshkent led. texnikumini tugatgan (1929). Oʻzbekiston sanʼat muzeyi qoshidagi badiiy studiyada taʼlim olgan (1925-29). 1931-y. dan Hamza teatrida ishlagan. Nozim Hikmatning «Turkiya haqida hikoya» (1953), R. Tagor romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» (1956), Hamzaning «Paran-ji sirlari» pyesasi asosida tayyorlangan «Xolisxon» (1956), Muhammad Dib romani asosida tayyorlangan «Jazoir — mening Vatanim» (1957), M. Shayx-zodaning «Mirzo Ulugbek» (1961), I. Sultonning «Nomaʼlum kishi» (1963) pyesalari asosida tayyorlangan spek-takllarga asar mazmunini toʻla ochishga xizmat qiladigan dekoratsiya eskizlari yaratgan. M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrining ayrim spektakllariga ham (mas, Hamzaning «Paranji sirlari», 1956) sahna bezaklari ishlagan.