IKROMOV

IKROMOV Usmon (1875—Toshkent — 1960) — ganchkor usta; usta M. Usmonovning otasi. Ganch oʻymakorligini usta Rasulhoji bilan birga ishlab oʻrgangan. Ikromov ozgina naqsh boʻlaklarini maho-rat b-n qoʻllab, murakkab, rang-barang jozibali mujassamotlar yaratgan; ishlarida choka va loʻla pardozni koʻp qoʻllagan, guldastali us-tun, ravoklarni islimiy ruta, 5, 6, 8 j raxli girixlar bilan bezab, ganch oʻymakorligi ishlarini bajargan. Dastlab ʻ xususiy binolarni bezagan. Hamza teatri (1929, qoz. Abror Hidoyatov nomidagi teatr), Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi (1939, hoz. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi), hoz. Muqimiy teatri (1943-44), Navoiy teatri (1945-46) binolarini bezashda qatnashgan. Usta Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Boltayev, Sh. Gʻafurov va b. bilan birgalikda Polovsev uyi (hoz. Amaliy sanʼ-at muzeyi, 1941) ni taʼmirlashda ishtirok etgan. Ikromov ishlaridan namunalar Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi.