IZOPRENOIDLAR

IZOPRENOIDLAR — izoprenning polimerlanishi, siklizatsiyalanishi, oksidlanishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar. Izoprenoidlar organizmlarda mevalon kislotadan biosintezlanish natijasida hosil boʻladi. Izoprenoidlarga terpenlar va ularning hosilalari, sterinlar, steroidlar, tabiiy kauchuk, karo-tinoidlar, ksantofillar (gormonal moddalarga kiradigan xillari bor) va b. kiradi.