IZOPREN

IZOPREN (2-metilbutadiyen-1,3) , SN2=S(SN3)-SN=SN2 – toʻyinmagan uglevodorod, rangsiz suyuqlik. Mol. m. 68,11, Kaynash t-rasi 34,07°, suyuklanish t-rasi — 146°, spirt va efirda eriydi. Oʻz-oʻzidan alangalanadi (400° da). Izopren toʻyinmagan uglevodorodlarga xos reaksiyalarga kirishadi, oson gidrogenlanadi, metallorganik birikmalar hosil qiladi. Birikish va polimerlanish I. ning oʻziga xos re-aksiyalaridan hisoblanadi. Sanoatda izobutilenga formaldegid taʼsir ettirish, izopentanni gidrogenlash, suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish usullari bilan olinadi. Sintetik kauchuk, termoelastoplastlar, xushboʻy va dorivor moddalar i. ch. da qoʻllaniladi.