IJTIMOIY FIKR JAMOATCHILIK FIKRINI OʻRGANISH MARKAZI

«IJTIMOIY FIKR» JAMOATCHILIK FIKRINI OʻRGANISH MARKAZI — Oʻzbekiston Respublikasidagi xukumatga qarashli boʻlmagan (nodavlat) i. t. muassasasi. 1997-y. 25-iyunda tuzilgan. Asosiy vazifalari: inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiyhuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish; shu borada soʻrovlar oʻtkazish, soʻrov yakunlarini umumlashtirish va taxlil etish. Markaz oʻzbek, rus, ingliz tillarida «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jur. ini nashr etadi. Jamoatchilik fikri monitoringini, turli marketing va b. amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish; hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, oʻquv markazlari, ilmfan vakillari ishtirokida munozara, davra suhbatlari, anjumanlar oʻtkazish va sh. k. markaz faoliyatining asosiy yunalishi hisoblanadi. Markazda sotsiologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ekspertiza va taxlil, konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiologik monitoringi, i. ch.-texnika, axborot va marketing bulimlari bor. Markazni axborot-tahliliy maʼlumot bilan taʼminlash, ijtimoiy fikr va demokratik taraqqiyot muammolarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, viloyatlardagi markaz bulimlariga ilmiymetodik maslahat bilan yordam koʻrsatish guruxlaridan iborat maxsus ijodiy jamoalar tuzilgan.