IJTIMOIY PSIXOLOGIYA

IJTIMOIY PSIXOLOGIYA — kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari Ijtimoiy psixologiyada voqelik falsafiy nuqtayi nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-a. ning 2-yarmida Ijtimoiy psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan Ijtimoiy psixologiya 1908-y. dan fan sifatida tan olingan. 2-jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi. Ayniq-sa, AQSHda Kotorning oʻtkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari Ijtimoiy psixologiya tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqi-qotlarga kichik guruhlar asosiy obyekt kyugab olingan, tajribalar esa lab. sharoitida oʻtkazilgan. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va gu-ruhiy oʻzaro taʼsir, guruxlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong, mentalitet, milliy qiyofa, xarakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va b. ni tekshiradi. Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni oʻz ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiya-si, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy Ijtimoiy psixologiya kabilar. Oʻzbekistonda Ijtimoiy psixologiya yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu ishlar zaminida Ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri — «Oila psixologiyasi» ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan «Oila psixologiyasi» darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsatadi.

Ergash Gʻoziyev.