IJTIMOIY JAMGʻARMA

IJTIMOIY JAMGʻARMA, ijtimoiy fond — fukarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyeriy mulkiy badallar qoʻshish asosida taʼsis etilgan tashkilot. Ijtimoiy jamgʻarma xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlab tuziladi, ularning aʼzolari boʻlmaydi. Ijtimoiy jamgʻarmaning rahbar organini taʼsischilar va qatnashchilar tuzadi yoki bu organ I. j. taʼsischilari karori b-n, yo boʻlmasa qatnashchilar tomonidan qurultoy (konferensiya) yoki umumiy majlisda saylash yoʻli bilan tuziladi. Oʻzbekistonda xalqaro, respublika, mahalliy Ijtimoiy jamgʻarma, shuningdek, turli xalqaro jamgʻarmalarning boʻlimlari tashkil qilingan. Muassislar oʻzlari tashkil etgan jamgʻarma (fond)ning majburiyatlari boʻyicha, jamgʻarma (fond) esa oʻz muassislarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Ijtimoiy jamgʻarma mol-mulkdan oʻz ustavida belgilangan maqsadlar uchun foydalanadi. Jamgʻarma (fond) oʻz ustavida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqli, buning uchun xoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin. Ijtimoiy jamgʻarmaning faoliyat yuritish tartibi OʻzR FKda belgilab berilgan (75-modda).