IJORLAR

IJORLAR (oʻzlarini izuri deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasida (Leningrad viloyatida 449 kishi, 1990y. lar oʻrtalari), Estoniyada (306 kishi) yashaydilar. Ijor tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.