IJOR YERI

IJOR YERI (Ijora) – 12-18-a. larda ijorlar yashagan Neva qirgʻoklari va Ladoga koʻlining jan.-gʻarbidagi (hoz. Leningrad viloyatining bir qismi) hududning tarixiy nomi. 1228-y. dan Ulug Novgorod mulki, 1478-y. dan Rossiya davlati tarkibida. 1584—90, 1609 — 1702-y. larda Shvetsiya tomonidan bo-sib olingan. Rossiyaga 1702—03 y. larda qaytarib berilgan, 1708-y. da Peterburg guberniyasi tarkibiga kirgan. Boshqa nomlari — Ingriya, Ingermanlandiya.