IJOD DUNYOSI NASHRIYOTI UYI

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI — nashriyot. 2000-y. 13 yanv. da Toshkent sh. da tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi boshqaruviga qaraydi. «Gulxan», «Gʻuncha», «Klass», «Tong yulduzi», «Sogʻlom avlod», «Zerkalo XXI» gaz. va jur-. larining nashriga homiylik qiladi. Bundan tashqari, badiiy asarlar, darslik, oʻquv qoʻllanmalari, risolalar nashr etadi.