IJMO

IJMO (arab. — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-umma — diniy jamoaning yagona fik-ri) — Qurʼon va hadislarda aniq koʻrsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning toʻplanib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Shariat dasturlariga keyinchalik kiritilgan 3manba. Shariatda shunday yoʻl bilan chiqarilgan hukm sharʼiy (qonuniy) deb qabul qilingan. Ijmoga shariat manbai sifatida qarash arab xalifaligi (8-a. oxiri — 9 – a.)da kelib chiqqan.