IJARA

IJARA (arab. — ijora) — 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini Tapkalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer egasining haqini pul bilan toʻlash. Yer egasi xaki hosildan ulush (natura tarzida) beriladigan boʻlsa muzoraʼa deb atalgan. 20-a. ning 20-y. lariga qadar Oʻrta Osiyoda ham keng rasm boʻlgan (q. Korandalik);

2) mol-mulkni yollash va undan foydalanish boʻyicha shartnoma. Unga koʻra, bir tomon (I. beruvchi) ikkinchi tomon (I. oluvchi)ga maʼlum toʻlov, yaʼni Ijara haqi evaziga mol-mulkni vaq-tincha foydalanish uchun beradi. Ijara haqi mol-mulkning qiymati va keltiradigan daromadiga bogʻliq boʻlib, oʻzaro kelishuv bilan belgilanadi.

Ijara chi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va hatto davlat boʻlishi mumkin. Mehnat jamoalari oʻz korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan Ijara shartnomasiga binoan asosiy i. ch. va no-ishlab chikarish vositalarini maʼlum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qoʻshimcha daromadga erishish maqsadida oladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Ijaraning mukammallashgan shakllaridan biri lizingair. Tadbirkorlik faoli-yatida bir necha marta foydalanishga moʻljallangan va bunda uzoq vaqt mo-baynida oʻzining dastlabki xrlatini caiyia6 qolib, davriy eskirib boradigan uskuna-jihozlar, mashinalar lizing obyekti boʻlishi mumkin.

Qishloqxoʻjaligida Ijara va Ijara munosabatlari oʻziga xos xususiyatlarga ega va Ijara obyekti sifatida yer resurelari asosiy oʻrnida turadi. Xorijiy mamlakatlarda yer nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi Ijaraga ham berilishi mumkin. Oʻzbekistonda yer davlat mulki, umu-milliy boylik hisoblanib, u faqat birlamchi Ijaraga beriladi. Iqtisodiy islohotlarning hoz. bosqichida Oʻzbekiston Respublikasida yer oila pudrati boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan, fermer xujaliklariga 50 yilgacha, lekin 10 yildan kam boʻlmagan, bog va tok-zorlar 10 yildan kam boʻlmagan muddatlarga Ijaraga beriladi (2002).

Ijara va Ijara munosabatlari bilan bogliqmasalalar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) va Fukarolik kodeksi (1996) hamda «Ijara toʻgʻrisida» (1991-y. 19 noyab.), «Qishloq xoʻjaligi koope-rativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida» (1998-y. 30 apr.), «Fermer xujaligi tugrisida» (1998-y. 30 apr.), «Dehqrn xujaligi toʻgʻrisida» (1998-y. 30 apr.) va b. qonunchilik hujjatlariga asosan tartibga solinadi va hal etiladi.

Qurbon Choriyev.