IYEROGLIFLAR NAZARIYASI

IYEROGLIFLAR NAZARIYASI — gnoseologik nazariya; unga koʻra, sezgilar — narsalar real xossalarining shartli belgilari (simvollar, iyerogliflar)dir, sezgilarning narsalar hamda ularning xossalari bilan hech qanday umumiyligi yoʻq. Ierogliflar nazariyasini 19-a. oxirida nemis fiziologi G. Gelmgols ishlab chiqqan. Bunda u nemis fiziologi Ierogliflar nazariyasi Myuller ifodalab bergan «sezgi organlarining oʻziga xos energiyasi qonu-ni»ga asoslangan. Mazkur konunga koʻra, sezishning oʻziga xos xususiyati sezgi aʼzolarining oʻziga xos tuzilganligi bilan belgilanadi.