IDROK

IDROK — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

Idrok ongning, miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xu-susiyati bilan emas, balki jami xususi-yatlarining taʼsiri b-n bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi mu-vaqqat bogʻlanish (q. Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan Idrok jarayoniga kishining tajriba-si, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va b. xam ishtirok etadi (q. Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki xrdisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy chiqishlari, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil Idrok qiladilar. Mac, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani Idrok qilishi ixtisosi bor odamning Idrok iga Karaganda tor va yuzaki boʻladi.

Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda Idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni kayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (q. Tasavvur) I. jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h. k.) qam bogʻliq. Mac, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allakanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.

Gʻayrat Shoumarov.