IDRISIYLAR

IDRISIYLAR — Marokashda hukmronlik qilgan arab sulolasi (8— 10-a. lar). Idris ibn Abdulloh sulolaga asos solgan. Idris II (792—828) vafotidan keyin Idrisiylar davlati mayda mulklarga (I. boshqargan) boʻlinib ketgan. Qurtuba xalifaligi qoʻshinlari tomonidan tugatilgan (974 yoki 985).