IDRIS

IDRIS — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, Idris yer yuzida 365-y. yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh «yuksak martabaga koʻtargan» (Qurʼoni karim, 19:56—57). Islomshunoslar Idrisni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida krldirilgan. Idris islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari «abadiy barhayot» qisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.