IDIOFONLAR

IDIOFONLAR (yun. idios — oʻziga xos va phone — tovush) — bevosita oʻzi sado beruvchi materiallardan yasaladigan musiqa cholgʻulari. Idiofonlar, odatda, tabiatan muayyan sadoli materiallar (metall, yogʻoch, shisha, tosh)ning oʻzidan iborat boʻladi; baʼzan ulardan cholgʻuning sado manbai yasaladi. Sadolantirish usuliga koʻra, Idiofonlar quyidagilarga boʻlinadi: chertma Idiofonlar (changqoʻbiz), friksion (ishqab sadolantiruvchi) Idiofonlar (shisha garmonika va b.), urma I. (gong, zang, ksilofon, qayroq, qoʻngʻiroq, lappaklar, va b.).