IDIOADAPTATSIYA

IDIOADAPTATSIYA (yun. Idios – maxsus, oʻziga xos va adaptatsiya) , allomorfoz — organizmlar yashash tar-zining tashqi muhitning muayyan sharoitiga xususiy moslashuvi. Evolyutsiyaning Idioadaptatsiyaga mos keladigan yoʻnalish allogenez deyiladi. «Idioadaptatsiya» terminini rus olimi A. N. Seversov (1925) taklif etgan. Idioadaptatsiya organizmlar guruxining tuzilish darajasiga kuchli taʼsir koʻrsatmasligi bilan aramorfoz va regressiv oʻzgarish — katamorfoz (morfofiziologik degeneratsiya)dan farq, qiladi. Idioadaptatsiya muayyan tuzilish darajasida adaptiv radiatsiyani taʼminlaydigan oʻzgarish boʻlganligidan quyi taksonomik guruhlar (urugʻ, oila, tur) uchun xos. Idioadaptatsiyaga misol tariqasida oziqlanish usuli va oziq turiga binoan qushlar tumshugʻi tuzilishidagi farq qiluvchi belgilarni, oʻsimliklar gulining har xil usulda (shamol, suv yoki hasharotlar orqali) changlanishi, oʻsimliklar urugʻining har xil usulda (shamol, qushlar, sut emizuvchilar b.) tarkalishini koʻrsatish mumkin. Idioadaptatsiya aramorfozga nisbatan qisqa muddat davom etadi va tez-tez sodir boʻlib turadi.