IDIKU

«IDIKU» — amir Idiku Qutlugʻ Qabo (rus yilnomalarida — Edigey, Yedigey) (1352—1419) haqida 15—16-a. larda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan doston. Mangʻitlar amiri Idikuning tarix maydonida paydo boʻlishi va uning Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi (14-a. ning 90-y. lari) Temur ishtirokida kurashi bilan bogʻliq voqe-alar «Idiku» dostonining asosini tashkil etadi. Dostonda, ayniqsa Idikuning yordam soʻrab Samarqandga — Amir Temur huzuriga kelishi, Sohibqironning unga oʻz yaqinidek yordam berishi tasvirlab berilgan. Dostonda va b. ri-voyatlarda Idikuning ajdodi Xoja Ahmad Yassaviyga bogʻlanishi aytilgan.

«Idiku», asosan, Volga boʻyidagi turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Doston Qozonda 1990-y. da kitob holida nashr etilgan.