IDEOGRAFIK YOZUV

IDEOGRAFIK YOZUV [yun. idea – ideya (gʻoya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir soʻzni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qad. yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va b. ayrim yozuvlar ideografik yoʻsinda boʻlgan. Ideografik yozuv juda mu-rakkab; koʻpgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — boʻgʻinli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.