IDALGO

IDALGO — Meksikadagi shtat. Mamlakatning markaziy qismida, Meksika yassitogʻligining jan. sharqida. Mayd. 20,9 ming km2. Axoliyey 2,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pachuka sh. Aholi, asosan, vodiylarda yashaydi. Yer yuzasi plato boʻlib, oʻrtacha bal. 2000 m; alohida choʻqqilari 3000 m va undan ziyod. Sharqiy Syerramadre togʻ sistemasi Idalgo hududini Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Oʻrtacha oylik t-ra 16—20°. Yiliga 300—600 mm yogʻin yogʻadi, tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi.

Aholisining koʻp qismi q. x. da band. Asosan, mevali daraxtlar oʻstiriladi, sabzavot ekinlari va shakarqamish ekiladi. Shtatning sharqiy qismida yaylov chorvachiligi rivojlangan.

Oltin va kumush konlari bor. Mashinasozlik (vagonlar, yuk mashinalari, toʻqimachilik mashinalari), ne-ftni qayta ishlash, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat shaharlari: Syudad-Saagun, Tula.